
Krishtianu Ronaldu ketma-ket 22 yildan beri gol urib kelmoqda
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket 22 yildan buyon gol urib kelmoqda.
37 yoshli portugaliyalik hujumchi o‘zining 2023 yildagi ilk golini Saudiya Arabistoni chempionatining 15-turida penaltidan "Al-Fotih"ga qarshi o‘yinda kiritdi.
Ronaldu shu tariqa faoliyati davomida ketma-ket 22-yil gol urdi. U birinchi marta 2002 yilda gol urgan.
Krishtianu klubdagi karerasida 702 gol urgan: "Real"da 450 ta, "Manchester Yunayted"da 145 ta, "Yuventus"da 101 ta, "Sporting"da 5 ta va "An-Nasr" safida bitta.
Fikrlar