Kristina Plishkovaning hayotida yangi sahifa ochildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chexiyalik Kristina Plishkova Xitoyda o‘tkazilayotgan “Shenzhen Open – 2018” turnirining birinchi davrasida lativiyalik Elena Ostapenkoni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kristina faoliyati davomida hech qachon WTA reytingining kuchli o‘nligidan joy olgan tennischini mag‘lub qilmagan edi. Uning Elena ustidan zafar quchishi faoliyatidagi yangi sahifani ochdi.

“Men ilk marotaba kuchli o‘nlikdan joy olgan tennischini engdim. Bundan xursandman. To‘g‘ri 2016 yili shveytsariyalik Belinda Benchichni mag‘lubiyatga uchratgan edim. Biroq unda Belinda o‘yinni davom ettirishdan bosh tortgan”, deydi – Kristina.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!