Kukurelya: "Angliyalik futbolchilar ham "Real" va "Barsa"ga intilishadi"
"Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya "Real Madrid" hamda "Barselona"ning jahon miqyosidagi obro‘si haqida fikr bildirdi.
"Angliyaga birinchi bor kelib, "Brayton" safida o‘ynaganimda hayron qolganman – bu erdagi futbolchilar "Arsenal" yoki "Chelsi" emas, aynan "Real Madrid" yoki "Barselona"da to‘p surishni orzu qilishardi. Ana o‘shanda "Real" va "Barsa"ning jahon bo‘ylab qanday nufuzga egaligini tushunganman", – deydi Kukurelya AS nashriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, La Liga grandi APL klublariga nisbatan katta shartnomalar taklif qila olmasligi mumkin, ammo ularning tarixi va obro‘si sabab ko‘plab kuchli futbolchilarni o‘z safiga jalb eta oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kukurelya futbolchilik faoliyatini "Espanol" va "Barselona" tarbiyalanuvchisi sifatida boshlagan. U "Barsa"ning asosiy tarkibida faqat 1 ta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik "Eybar" va "Xetafe"da to‘p surgan, 3 yil muqaddam esa "Chelsi" safiga qo‘shilgan edi.
Fikrlar