Kukurelyaning o‘zi yoqtirmagan "Real"ga o‘tish sababi ochildi
Jurnalist Ben Jeykobsnig xabar berishicha, Mark Kukurelyaning jamoasini oʻzgartirish qarorini qabul qilishida shaxsiy va oilaviy holatlar asosiy omillardan biri boʻlgan.
Manba maʼlumotlariga koʻra, "Chelsi" rahbariyati ispaniyalik futbolchining ketishiga toʻsqinlik qilmagan. London klubi yosh himoyachi Yorrel Xato rivojidan qoniqqan holda, uni kelajakda jamoaning muhim figurasi sifatida koʻrayotgani uchun Kukurelya bilan xayrlashishga tayyor boʻlgan.
Kukurelya 2022 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Aslida Mark "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Eybar", "Xetafe" va Brayton kabi jamoalarda ham oʻynagan.
Yaqinda 27 yoshli futbolchi agar kelajakda "Real" safiga oʻtsam, sochimni qirdirib tashlayman, degan vaʼdni bergan edi.

Fikrlar