Kulibali uchun kurashga PSJ ham qo‘shildi

  • 4 may, 2019, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi ham "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 27 yoshli senegallik futbolchini yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Tiago Silvaning o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kulibaliga "Real" va "Manchester Yunayted" klublari ham kurash olib borishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Neapolliklar esa uning transferini 129 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida 45ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!