Kuman “Barsa” rahbarlari bilan kelisha olmay qoldi

  • 7 sentabr, 2020, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” hamon muxlisu mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratishda davom etmoqda. Endi yangi bosh murabbiy Ronald Kuman va klub rahbariyati o‘rtasida kutilmagan ziddiyat kelib chiqdi.

Gap shundaki, Kuman Kataloniyaga kelishi bilan asosiy transfer nishonlari sifatida o‘zining Niderlandiya terma jamoasidagi shogirdlari belgiladi. U maydon markazini Jorjino Veynaldumga topshirmoqchi. Klubdan “Liverpul”dan uni sotib olishni talab qilmoqda.

Biroq, klub rahbariyati asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va “Bavariya”dagi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng boshqa jamoaga o‘tishga qaror qilgan Tyago Alkanatarani ortga qaytarmoqchi. Jozep Bartomeu boshliq rahbarlar topshirig‘iga ko‘ra, Kumanning roziligi olmay turib, mutaxassislar transfer masalasida Alkantara bilan muzokarani boshlab yuborgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!