Kuman "el-klasiko" oldidan nimalar dedi?
Ertaga bo‘lib o‘tadigan "el-klasiko" oldidan "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi:
"O‘ylaymanki, har ikki jamoada ham katta bosim mavjud. Ortda qolgan uchrashuvlar ular uchun ham, biz uchun ham bu o‘yinga ta’sir ko‘rsatmaydi. "Real" so‘nggi ikki bellashuvda o‘z darajasida harakat qilmadi, ammo bu ular "klasiko"ga yomon kayfiyatda etib kelishini anglatmaydi.
"Real" Madrid - bu bosimni qanday engishni biladigan tajribali futbolchilarga ega ajoyib jamoa. Ular g‘alabaga chanqoq. Ular uchun Ramos maydonda bo‘lishi muhim. Serxio ajoyib himoyachi. U ko‘p narsani o‘zgartirib yuborishga qodir".

Fikrlar