Kuman: Messi? Men har doim bir narsa haqida gapirishni xohlamayman
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Atletik" klubiga qarshi (1:1) o‘yindan keyin Messi haqida berilgan savolga javob berib o‘tdi.
"Men har doim bir narsa haqida gapirishni xohlamayman, biroq gap jahonning eng yaxshi futbolchisi haqida ketyapti. Messi bu erda ekanligida, raqiblar bizdan ko‘proq qo‘rqardi.
Biz uchun ham farqi bor, Leoga to‘pni uzatsangiz, u yo‘qotmas edi. Ammo Messi endi yo‘q. Biz buni bilamiz va shunga ko‘nikishimiz kerak", - dedi Kuman.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi yozgi transfer vaqtida PSJga erkin agent maqomida ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar