Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Ayni kunlarja Xitoyning Tsian shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Bugun ayollar kurashi bo‘yicha ishtirok etayotgan vakilalarimiz ham muvaffaqiyatli qatnashdilar.
Ushbu kun doirasida gilamga chiqqan 3 nafar kurashchi qizimiz bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Hamyurtlarimizning natijasi bilan tanishing:
Bronza medali uchun bellashuvlar:
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva – Xyungju Kim (J.Koreya) 9:3
-62 kg: Nabira Esenbaeva – Saline Srisombat (Tailand) 12:0
-72 kg: Nilufar Gadoeva – Chia-XSin Li (Xitoy Taipeyi) 10:0
Ertaga yunon-rim kurashi bo‘yicha bellashuvlar start oladi. 2 kun davom etadigan ushbu dasturda jami 10 nafar polvonimiz medallar uchun gilamga chiqishadi, deya xabar bermoqda MOQ.

Fikrlar