Kurashchilarimiz Turkiyaga yo‘l olishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamaosi a’zolari Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l olishdi. Polvonlarimiz ushbu shaharda tashkil qilingan xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotida ishtirok etishadi. 

Yurtdoshlarimiz va mezbonlardan tashqari bu yig‘inda Ozarbayjon va Italiyadan kelgan erkin kurashchilar ham qatnashishadi. Ushbu yig‘in O‘zbekiston va Turkiya kurash assoitsiatsiyalarining 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyogarlikni hamkorlikda olib borish dasturi asosida tashkil qilingan. 

Yig‘inga bosh murabbiy Alim Hikmatov quyidagi sportchilarimizni jalb qilgan: Bekzod Abduraxmonov, Jahongirmirzo Turopov, Mirza Haitov, Mahmud Muradov, Bahodir Aslonov, Abbos Rahmonov, Ixtiyor Navruzov, Temurjon Usmanoxunov, Isa va Jabroil Shapievlar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!