Kurtua “Real”dan ketadigan bo‘lyapti

  • 8 noyabr, 2024, 21:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” darvozasini bir necha yillardan beri barqaror qo‘riqlab kelgan Tibo Kurtua keyingi paytda ko‘p jarohatlarmoqda. 

Tecno

Football Espana nashrining yozishicha, belgiyalik darvozabon kelasi yozda o‘z o‘rnini boshqa hamkasbiga bo‘shatib berishi mumkin. Kurtuaning o‘ziga Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasidan mo‘may daromadli taklif bor. Shayxlar 32 yoshli mashhur golkiperni olish bo‘yicha harakatlarni boshlab yuborgan. 

Kurtua Belgiyaning “Genk” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.  2011 yili uni “Chelsi” transfer qilib, darrov “Atletiko”ga ijaraga berib yuborgan. Kurtua “matraschilar” safida 2014 yilgacha o‘ynadi. 

2018 yili “Real” rahbariyati uni “Chelsi”dan 35 million evro evaziga transfer qildi. Shundan beri belgiyalik posbon madridliklar darvozasini qo‘riqlab keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!