Kurtua yarim asrlik natijani takrorladi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua ikkinchi marotaba Ispaniya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Belgiyalik futbolchi 2013/14 yilgi mavsumda "Atletiko" bilan dastlabki chempionlikka erishgandi. Shu tariqa, Kurtua ikki Madrid klubida La Ligada zafar quchgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Bunday natijani Kurtuagacha faqatgina Xose Luis Peres-Mayya qayd etgan edi. U "Atletiko" safida 1951 va 1954 yillarda, "Real" tarkibida 1955 yilda chempionat g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar