
Kutilmagan holat! "Siti" xavbeki jamoani tark etadi. U Madridga uchib ketgan
Germaniya terma jamoasi futbolchisi Ilkay Gyundogan yozda "Manchester Siti"ni tark etishga qaror qilgan.
"Shaharliklar" tarkibida ko‘plab yarim himoyachilar bo‘lishiga qaramay, Gvardiola joriy mavsum APL doirasidagi 37 ta o‘yinning 20 tasida Ilkayni asosiy tarkibda maydonga tushirgan.
Shunday bo‘lsa-da, 31 yoshli xavbekning shartnomasi tugashiga 1 yil vaqt qolgan va "Siti" uni qo‘yib yuborishga qarshilik bildirmaydi.
U o‘zini asosiy tarkibda muntazam o‘ynashga loyiq, deb hisoblaydi, Manchester klubi esa unga bunday imkoniyatni taqdim eta olmaydi.
Ayrim manbalarning xabar berishicha, Gyundogan dushanba kuni shaxsiy samalyotida Madridga borgan. Bu uning faoliyatini qaerda davom ettirishiga ishora bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Ilkay "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga 21 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. U olti mavsumdan beri mazkur klub sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Fikrlar