
Kutilmagan qaror. “Barsa” inqirozdan chiqish uchun Fatini sotib yuboradi
Koronavirus pandemiyasi “Barselona” rejalarini birma-bir yo‘qqa chiqarmoqda. Klub moliyachilari bu vaziyatdan chiqib keta olmayapti. Jiddiy muammolardan qutilish uchun rahbariyati jamoaning kelajagi hisoblangan Ansu Fatini sotib yuborishga tayyor.
Yozda kataloniyaliklar bu futbolchi bo‘yicha “Manchester Yunaytded”ning 150 million evroga yaqin ikkita taklifini rad etgan edi. Endi ular shu darajada yana taklif bo‘lsa, transfer amalga oshishiga to‘sqinlik qilinmasligini ta’kidlamoqda.
Joriy mavsumda o‘nta uchrashuvda beshta gol urib, to‘rtta golli pas oshirgan 18 yoshli futbolchi ayni paytda jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan.
Fikrlar