Kutilmagan qaror. Koutino qaerda o‘ynashi hal bo‘ldi

  • 19.06.2020 14:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘ziga jamoa qidirayotgan “Barselona” pleymeykeri Koutino ma’lum muddat “Bavariya”da qoladigan bo‘ldi.

Bundesligada chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan myunxenliklar braziliyalik futbolchi xizmatlaridan Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlarida foydalanmoqchi. Shuning uchun “Bavariya” mavsum oxirigacha Koutinoni o‘z safida olib qolmoqchi.

Aslida ijara muddati 30 iyun kuni yakunlanishi kerak edi. “Bavariya” rahbarlari “Barselona” bilan ushbu muddatni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!