La Liga, 13-tur. "Valensiya" safarda "Sevilya"ga yutqazib qo‘ydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati 13-tur markaziy o‘yinida "Sevilya" va "Valensiya" o‘zaro kurash olib borishdi. 

Murosasiz va kurashlarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda "Sevilya" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 53-daqiqada Garay o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 65-daqiqada "Valensiya" forvardi El Xaddadi hisobni tenglashtirdi. 

75-daqiqada esa Parexa "Sevilya"ni oldinga olib chiqdi. Bu o‘yindagi so‘nggi gol bo‘ldi. 

Sevilya – Valensiya 2:1

Gollar: Garay, 53 (avtogol), Parexa, 75 – El Xaddadi, 65

Sevilya: Riko – Rami, Merkado, Parexa – Vitolo, Sarabiya, Nzonzi, Kranevitter (Korrea, 72), Eskudero (Kiyotake, 46) – Vaskes – Vetto (Ben Yedder, 61)

Valensiya: Alves – Garay, Abdennur (El Xaddadi, 62), Mangala – Kanselu, Suares (Mina, 80), Peres, Sikeyra (Gayya, 80) – Parexo – Nani, Rodrigo

Ogohlantirish: Sikeyra

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!