La Liga. 10-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 28.10.2025 16:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasining 10-tur bahslari o‘z nihoyasiga etdi. Turning eng kutilgan o‘yini “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi “El-klasiko” bo‘ldi.

Bu safar Madrid klubi o‘z maydonida raqibini 2:1 hisobiga mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng futbolchilar o‘rtasida yuzaga kelgan janjal ijtimoiy tarmoqlar va futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mavsumni omadsiz boshlagan “Atletiko Madrid” esa asta-sekin o‘z o‘yinini topmoqda. Diego Simeone shogirdlari “Betis”ni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, bu mavsum o‘z o‘yini va barqaror natijalari bilan mutaxassislar e’tirofini qozonayotgan “Vilyarreal” ham navbatdagi turda g‘alaba qozonib, 22 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ayni damda, La Liga turnir jadvalida “Real” 5 ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Quyida 10-turda qayd etilgan natijalar va jadvaldagi holat bilan tanishing.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!