La Liga. 22-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
La Liganing 22-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Tur doirasida bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi. "Barselona" safarda “Elche” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. "Real Madrid" esa o‘z maydonida og‘ir kechgan uchrashuvda 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Uchrashuv taqdirini 90+10-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan gol urib, hal qildi.
Shuningdek, mazkur turda "Atletiko Madrid" ochko yo‘qotdi. Jamoa “Levante” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida kataloniyaliklar 55 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ularni 54 ochko bilan "Real" ta’qib qilmoqda. Kuchli uchlikni esa 45 ochko bilan “matraschilar” yakunlab turibdi.
Quyida 22-turda qayd etilgan natijalar hamda turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar