La Liga. 24-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat

  • 17.02.2026 03:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 24-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur tur doirasida bir qator qiziqarli va keskin o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, "Barselona" safarda o‘z hamshahari "Jirona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, muhim ochkolarni yo‘qotdi. Ularning asosiy raqobatchisi bo‘lgan "Real Madrid" esa "Real Sosyedad"ni qiyinchiliksiz yengdi. 

Shuningdek, Ispaniya Kubogi doirasida kataloniyaliklarni yirik hisobda mag‘lub etgan "Atletiko" bu safar chempionat doirasida "Rayo Valyekano"dan yirik hisobda mag‘lubiyat qabul qildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda "qirollik klubi" 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ulardan 2 ochko kam jamg‘argan "Barselona" ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni esa 45 ochkoga ega "Vilyarreal" yakunlab bermoqda.

Quyida 24-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishishingiz mumkin.

Image
Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!