La Liga. "Barselona" "Kamp Nou"da "Atletik"ni "savaladi"
Ispaniya La Ligasi 11-turi doirasidagi "Barselona" - "Atletik" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda kataloniyaliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollar Usmon Dembele, Serj Roberto, Robert Levandovski va Ferran Torreslar hisobiga yozildi. Mazkur g‘alabadan keyin "Barselona" hisobidagi ochkolar soni 28 taga etdi va 2-o‘ringa mustahkam joylashib oldi. "Atletik" esa 18 ochko bilan 6-pog‘onani band etdi.

Fikrlar