La Liga. "Barselona" "Real Ovьedo"ni yirik hisobda mag‘lub etib, turnir jadvalidа peshqadamga aylandi

  • 26.01.2026 00:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 21-turidan o‘rin olgan "Barselona" — "Real Oviedo" uchrashuvida kataloniyaliklar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Dastlab, uchrashuvning 52-daqiqasida Dani Ol’mo hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Rafinya o‘rtadagi farqni ikkita oshirdi. 73-daqiqada esa Lamin Yamal ajoyib gol muallifiga aylanib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, Xansi Flik shogirdlari ochkolari sonini 52 taga yetkazib, turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. "Barselona"ning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan "Real Madrid" esa 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
83.png

Barselona

  • Dani Olmo 52'
  • Raphinha 57'
  • Lamine Yamal 73'
Tugadi
3 : 0

25.01.2026 20:15

93.png

Real Oviedo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!