La Liga. Benzemaning 3 goli "Real"ga 3 ochko keltirdi
"Santyago Bernabeu" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, madridliklarning har uchchala goliga Karim Benzema mualliflik qildi.
Shu tariqa "qirollik klubi" hisobidagi ochkolar soni 64 taga etdi va jamoa turnir jadvalida hamon 3-o‘rinni egallab turibdi. Bilbaoliklar esa 46 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar