La Liga. "Malyorka so‘nggi daqiqalarda gol urib, "Real Madrid"ni taslim qildi
La Liganing 31-turida kutilmagan natija qayd etildi.
"Malyorka" o‘z uyida "Real Madrid"ni qabul qildi va 2:1 hisobida taslim qildi.
Dastab, 42-daqiqada Morlanes hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Militao muvozanatni tikladi. Mezbonlar futbolchisi Muriki esa 90+1'-daqiqada gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, madridliklarning ochkolari soni o‘zgarishsiz qoldi — 69 ochko.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Mallyorka
- Vedat Muriqi 90'
- Manu Morlanes 41'
Tugadi
2
:
1
04.04.2026 19:15
Real Madrid
- Éder Militão 88'
Fikrlar