La Liga. "Real" Mbappening dubli evaziga zafar quchdi va peshqadamga aylandi!

  • 25.01.2026 02:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasining 21-turida Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi "Real Madrid" "Vilyarreal" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 
 
Bellashuvning 47-daqiqasida Kilian Vinisiusning ajoyib yurishidan so'ng hisobni ochdi. To'qnashuvning 90+4-daqiqasida esa Mbappening o'zi penalti ishladi va undan foydalanib, dublni rasmiylashtirdi.
 
Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" ushbu bellashuvdan so'ng ochkolar sonini 51 taga yetkazib olib, "Barselona"ni quvib o'tdi va peshqadamga aylanib oldi. Kataloniyaliklar hisobida 49 ochko mavjud va jamoa bu turdagi o'z uchrashuvini endi o'tkazadi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
3477.png

Villarreal

Tugadi
0 : 2

25.01.2026 01:00

3468.png

Real Madrid

  • Kylian Mbappé 47'
  • Kylian Mbappé 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!