La Liga to‘purarlaridan biri Turkiya grandiga yo‘l olmoqda
Ispaniyaning "Malyorka" klubi hujumchisi Vedat Muriki faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Yagiz Sabunjuog'lining ma'lum qilishicha, 32 yoshli futbolchi Istanbulning "Fenerbahche" klubi bilan muzokaralar o'tkazgan va tomonlar hamkorlik shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.
Manbaga ko'ra, ehtimoliy transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
Muriki o'tgan mavsum La Ligada "Malyorka" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Kosovolik hujumchi 23 ta gol urdi, shundan 5 tasi penalti dan kiritildi. Shuningdek, u bir marta golli uzatma ham amalga oshirdi.
To'purarlar poygasida Muriki faqat Kilian Mbappedan ortda qoldi.

Fikrlar