La Ligada 30 yillik rekord takrorlandi
"Real" Ispaniya chempionati 35-turi doirasida "Real" "Alaves"ni qabul qildi.
12-daqiqada madridliklar hujumchisi Karim Benzema penaltini aniq amalga oshirdi. Bu turnirning joriy mavsumidagi 140-penalti sifatida qayd etildi. Bunday natija so‘nggi marotaba 1989/90 mavsumda ro‘y bergan edi.
VAR tizimi ortidan mavsum davomida 13 ta penalti rad etildi va 35 ta vaziyatda 11 metrli belgi foydasiga qaror chiqarildi.
"Alaves" va "Malorka" darvozasiga joriy mavsumda 15 ta penalti belgilandi. Bu borada rekord 1989/90 yilgi turnirda 16 ta penalti bilan "Barselona"ga tegishli.
Fikrlar