La Ligada iste’fo yuz berdi
Ispaniyaning “Leganes” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pellegrino o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning xabar berishicha tomonlar o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, 48 yoshli argentinalik mutaxassis “Leganes”ni 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostidagi jamoa o‘tgan mavsum La Ligani 13-o‘rinda yakunlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Leganes” ortda qolgan 9 ta turdan so‘ng bor yo‘g‘i 2 ochko jamg‘argan holda so‘nggi 20-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar