
La Ligada yana bir murabbiy iste’foga chiqarildi
Ispaniyaning "Rayo Valekano" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Michelni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Madridliklar ushbu mutaxassisni jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab ishdan olishgan. Ta’kidlash kerakki, ular ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 23 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi. Ular chempionatning qatorasiga 5ta bahsida imkoniyatni boy berishdi.
Ma’lumot uchun, Michel "Rayo Valekano"ni 2017 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar