Lamin Yamal – Yevropa top-ligalarning eng yaxshi driblingchisi
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Evropa top-5 ligalarida eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling qilgan futbolchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida "Barça Universal" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan mavsumdan beri 18 yoshli Yamal 264 marotaba driblingni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Uning eng yaqin raqibi – "Real" vingeri Vinisius Zunior, u 151 muvaffaqiyatli urinishni amalga oshirgan.
Hozirgi mavsumda Yamal barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda ishtirok etgan, 21 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma bergan. La Ligada 30 turdan so‘ng "Barselona" turnir jadvalida yetakchi bo‘lib, 76 ochko to‘plagan. Ikkinchi o‘rindagi "Real" bilan farq 7 ochkoni tashkil etadi.
Fikrlar