
"Lans" himoyachisi Italiya klubi bilan kelishib oldi
"Lans"ning asosiy himoyachilaridan biri Kevin Danso faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Uni "Atalanta" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
"Foot Mercato" xabar berishicha, Italiya klubi bilan avstriyalik himoyachi kelishib olishdi. Lansliklar esa transferdan 25 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.
Danso 2021 yildan beri "Lans" sharafini himoya qilib keladi. U 5,5 million evro evaziga Frantsiya klubiga kelib qo‘shilgan. Yakuniga etgan mavsum himoyachi jamoasi tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golda ishtirok etdi.
Kevinning klubni tark etishi Abduqodir Husanovning ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlashi mumkin.
Fikrlar