
Laporta "Rayo"ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi
Joan Laporta "Rayo Valekano" bilan bo‘lgan uchrashuvda "Barselona"ga ikkita penalti berilmaganini aytdi.
"O‘ylashimcha, hamma Rafinya bilan bo‘lgan vaziyatni penalti deb hisoblaydi, shuningdek, Levandovski bilan sodir bo‘lgan holatda ham. Men uchun bu ikki vaziyat yaqqol penalti.
Biz g‘alaba qozonishga harakat qilyapmiz. Qolgani o‘tmishda qoldi", - dedi Laporta.
Bilasiz, "Barselona" La Liga 14-turi doirasida "Rayo Valekano" (1:1) bilan durang o‘ynadi. Bellashuvda Xose Munuero Montero bosh hakam sifatida ishladi.
Fikrlar