
Las-Vegasdagi boks oqshomi: "Kanelo" - Charlo va boshqa janglar natijalari
1 oktyabrga o‘tar kechasi Las-Vegasdagi "T-Mobile" arenasida boks turniri bo‘lib o‘tdi, ushbu oqshom markaziy bahsida Saul "Kanelo" Alvares (60-2-2) super o‘rta vazn mutlaq chempionligi unvonini Jermell Charlo (35-2-1)ga qarshi himoya qildi.
To‘qnashuv to‘liq 12 raund davom etdi. Alvares ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi - 119-108, 118-109, 118-109. Shuningdek, u 7-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirgan.
Oqshomning boshqa janglari natijalari:
Yordenis Ugas (27-6) Mario Barriosga (28-2) ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.
Xesus Ramos (20-1) hakamlar qaroriga ko‘ra Erikson Lubinga (26-2) yutqazdi.
Eliya Garsiya (16-0) sakkizinchi raundda Armando Resedisni (14-2) nokautga uchratdi.
Fikrlar