Lautaroni "eplab bo‘lmayapti"

  • 22 oktabr, 2023, 06:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Lautaro Martines A Seriyada 9ta o‘yinda 11ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Inter” forvardi “Torino” mag‘lub etilgan uchrashuvning (3:0) 67-daqiqasida gol urdi.

"Neradzurrilar" safida so‘nggi 4 o‘yinda argentinalik futbolchi 6 ta gol urdi, jumladan, 30 sentyabr kuni "Salernitana"ga qarshi o‘yinda poker qayd etdi. 

A Seriya to‘purarlari ro‘yxatini 11 ta gol bilan Martines boshqarmoqda.2-o‘rinni esa 6 ta gol bilan Viktor Osimxen band etgan ("Napoli").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!