
"Leganes" "Real" futbolchisini ijaraga oldi
"Leganes" klubi "Real" Madrid yarim himoyachisi Oskar Rodriges bilan ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi “qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Leganes” safida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar