
Legionerga aylangan Jasur Jaloliddinov yangi jamoasi haqida nimalar dedi?
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi bilan shartnoma imzolagan Jasur Jaloliddinov yangi klubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Albatta, men “Lokomotiv” haqida ko‘p narsa bilaman. Kelishimdan avval jamoa chempionligiga bag‘ishlangan filmni tomosha qildim, klub tarixini o‘rgandim, jamoada qaysi futbolchilar o‘ynashini ham bilib oldim. Men Aleksey Miranchuk bilan tanishmoqchiman. Bizning o‘yin uslubimiz bir xil va men ham chapaqayman. Ozroq hayajon bor, bu yaxshi, chunki mas’uliyatni his qilyapman. O‘yinlar boshlansa, hayajon o‘tib ketadi, - dedi Jasur Jaloliddinov.
“Lokomotiv” 18 yoshli futbolchi uchun 1 million evrodan oshiqroq mablag‘ sarfladi. Jaloliddin joriy yilning oxirigacha ijarada to‘p suradi.
Fikrlar
Лекин ажаблантирдинглар))
Телеграм каналинглардаги байрам табриги суратига нега эчки расмини қўйдилар??? ????