Legionerimiz "Energetik BGU" muxlislari tomonidan e’tirof etildi

  • 07.12.2020 17:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Belarus chempionati yakunlariga ko‘ra, "Energetik BGU" jamoasida 14 ta o‘yin o‘tkazgan legionerimiz Jasur Yaxshiboev klub tomonidan e’tirof etildi.

Gap shundaki, 23 yoshli futbolchi minskliklarning eng yaxshi legioneri, deb topildi. Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 46% ovoz to‘plagan Yaxshiboev raqiblarini ortda qoldirdi. O‘zi harakat qilgan uchrashuvlarda Yaxshiboev 9 ta gol va 3 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygandi.

"Jasurbek jamoamizga qishda kelib qo‘shildi va ilk rasmiy uchrashuvidayoq BATE darvozasiga dubl qayd etdi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, u Belarus futbolining ko‘plab muxlislarini ekranga bog‘lab qo‘ydi. Va skautlar e’tiborini ham o‘ziga qaratdi", - deya ta’rif berdi klub matbuot xizmati.

photo_2020-12-07_14-36-13

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!