
Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer-ligasini kuzatib borayotgan o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bundan buyon Mokvaning TsSKA jamoasiga ham muxlislik qiladi.
“Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev faoliyatida ilk bor legioner maqomini oldi va endi moskvalik armiyachilar sharafini himoya qiladi.
Har ikki klub 19 yoshli futbolchining transferini rasman e’lon qildi.
Abbosbek Fayzullaevning o‘zi TsSKA matbuot xizmatiga birinchi intervyusini berib, maydonda qaysi pozitsiyalarda o‘ynay olishini va imkoniyat berilsa, jamoa oldingi chizig‘ida hujumchi rolida to‘p tepishni istashini aytib o‘tdi.
- Menga 10-raqam pozitsiyasida o‘ynash ko‘proq yoqadi. Shuningdek, o‘ng va chap qanot hujumchisi sifatida ham o‘ynay olaman.
Men TsSKAning eng muhim o‘yinchilaridan bo‘lishni istayman va bu jamoaga barcha sovrinlarni yutishda yordam berishni niyat qilganman.
Hali hech kim bilan do‘stlashib ulgurganim yo‘q, lekin Baxani (Baxtiyor Zaynutdinov) taniyman. Tezroq jamoadoshlarim bilan do‘stlashib ketishni istayman, - dedi moskvaliklarning yangi legioneri Abbosbek Fayzullaev.
Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” akademiyasida tarbiyalangan va 2021 yilning boshida asosiy tarkibga qabul qilingan. Ta’kidlash jozki, Abbosbek Fayzullaev bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi hisoblanadi. U ikki mavsumdan beri “Paxtakor” jamoasining asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan edi.
19 yoshli o‘yinchi klublar miqyosida O‘zbekiston chempionatida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.
Shuningdek, Fayzullaev Osiyo Chempionlar ligasida beshta o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol rasmiylashtirib qo‘ydi.
Iqtidorli futbolchi O‘zbekiston kubogi musobaqasida uchta bahsda ikki marta darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.
Iste’dodli futbolchi 2023 yil davomida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo va jahon chempionatlarida o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qila olganidan keyin uning xaridorlari ko‘payib ketdi.
Abbosbek Fayzullaev Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, terma jamoamizning Argentina mezbonlik qilgan jahon chempionatidagi o‘yinlarida o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qildi.
U yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etila boshladi va uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta to‘p ham kiritdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abbosbek Fayzullaevning “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha imzolangani bois, Toshkent klubi bu transferdan 500 ming evro ishlab oldi.
TsSKA rahbariyati o‘zbekistonlik legioner bioan 2026 yilning yozigacha shartnoma tuzdi. Tomonlar kelishuvga ko‘ra¸hamkorlikni yana bir yil uzaytirish imkoniyati bor.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘zbek futbolchisi yaqinda asosiy raqib – Moskvaning “Spartak” jamoasiga o‘tib ketgan hujumkor futbolchi Xesus Medinaning o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Shuningdek, TsSKA rahbariyati Abbosbek Fayzullaev kelganidan keyin kolumbiyalik legioner Yorg Karraskaldan ham qutilishni rejalashtirmoqda.
“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi
Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti
Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi
Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?
“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?
“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?
Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi
TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...
Fikrlar