Legionerimizning debyutida jamoasi durang o‘ynadi
Qozog‘iston chempionati dastlabki turidan o‘rin olgan "Ordabasi" - "Maktaaral" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab, mehmonlar vakili Muhammad Sebaihi 18-daqiqada hisobni ochdi. Bu golga Serj Nyuiadzi birinchi taym oxiriga yaqin javob qaytardi.
"Ordabasi" safiga borib qo‘shilgan legionerimiz Odil Abdumajidov asosiy tarkibda maydonga tushdi.



Fikrlar