
Legionerlar: Vitaliy Denisov jarohat oldi
Xabaringiz bor, 23 mart sanasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi doirasida mehmonda Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Ushbu o‘yinda terma jamoamizning eng asosiy himoyachilaridan biri Vitaliy Denisov maydonga tusha olmasligi mumkin. Olingan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchimiz kecha Rossiya Premer Ligasi doirasida o‘tkazilgan “Lokomotiv” – “Spartak” bahsida o‘ng elkasining yuqori o‘ng mushaklaridan jarohat olgan.
Denisovning ushbu jarohati qanchalik jiddiyligi vaqachon maydonga tushishi borasidagi savollarga bugun aniqlik kiritiladi.
Fikrlar