Legionerlarimiz. Bugun Masharipov va O‘runov bir-biriga qarshi!

  • 25.09.2024 11:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Eronda to‘p tepayotgan ikki o‘zbekistonlik futbolchi bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Eron chempionati 5-turi doirasida muxlislar "Tehron derbisi"ga guvoh bo‘ladi. Shaharning ikki klubi "Istiqlol" va amaldagi chempion "Persepolis" bu turda o‘zaro to‘qnash keladi.

"Ko‘klar" safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov o‘yinga tayyor va maydonga tushishga tayyor. "Qizillar" etakchisi Oston O‘runov esa bugungi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. O‘runov Eron Pro-ligasi 4-turi doirasidagi "Aluminium"ga qarshi bahsda jarohat olib zaxiraga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 20:30da start oladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!