
Legionerlarimiz. Oston O‘runov jamoasi mag‘lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz zaxiradan maydonga tushdi
Rossiya Premer Ligasining 19-turi davom ettirilmoqda.
Legionerimiz Oston O‘runov harakat qilayotgan "Ufa" jamoasi safarda "Axmat" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
"Axmat" safida gollarga Igor Konovalov (50) va Aleksandr Troshechkin (84) mualliflik qildi. "Ufa"ning yagona goli Yuriy Juravlev (45+1) hisobiga yozildi.
Hamyurtimiz Oston O‘runov 69-daqiqada Tiago Rodriges o‘rniga maydonga tushdi va bahs oxirigacha harakat qildi.
Fikrlar