Legionerlarimiz. Xitoydan daraklar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Xitoy Super ligasida 13-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining har uchchala futbolchisi(Axmedov, Krimets, Ismoilov) to‘p suradigan jamoalarning barchasi kecha o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Odil Axmedov faoliyat olib boradigan «Shanxay SIPG» klubi safarda «Guangjou R&F» klubi mehmoni bo‘ldi. Termamiz sardori uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. O‘yin esa 1:1 hisobida nihoyasiga etdi.

Anzur Ismoilov to‘p tepadigan «Changchun Yatay» esa Fabio Kapello boshliq «Jiangsu Suning» klubi mehmoni bo‘ldi. Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynagan ushbu o‘yin 1:0 hisobida mehmonlar foydasiga xal bo‘ldi.

Egor Krimetsning «Beyjing Guoan»i esa o‘z maydonidaq «Tyantszin Teda» klubini qabul qildi. Krimets uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olmagan mazkur to‘qnashuvda poytaxtliklar 2:0 hisobida zafar quchdilar.

Xitoy Super ligasi. 13 tur

«Beyjing Guoan» – «Tyantszin Teda» 2:0

«Guangjou R&F» – «Shanxay SIPG» 1:1

«Jiangsu Suning» – «Changchun Yatay» 0:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!