"Legiya" raqibini "er bilan bitta qildi"

  • 16 sentabr, 2021, 15:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Legiya" Evropa ligasi doirasidagi "Spartak" ustidan qozonilgan g‘alabani qizg‘in tusda nishonlamoqda. Moskvadagi o‘yin oldidan ilingan yorqin bannerlar etmagandek, endi klub ijtimoiy tarmoqlarda raqibini "er bilan bitta qilmoqda".

Uchrashuvni polyaklar "Twitter"da Jeyms Bond plyonkasi fonida namoyish etyapti. "Sevgi bilan Rossiyadan" - Bond klassikasi, lekin bu safar bosh rolda Shon Konneri o‘rnida Artur Endjeychik. Chunki himoyachi "Legiya" va "Spartak" qarama-qarshiligi tarixidagi asosiy qahramon: u 2011 yilda Polsha klubi moskvaliklarni Evropa Ligasi saralashidan chiqarib yuborgan bahsda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, "Legiya" - "Spartak" bahsining asosiy vaqtida hisob ochilmadi va 90+1-daqiqada Lirim Kastrati urgan gol jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!