Lempard "Chelsi"ning ayollar jamoasini boshqarishi mumkin!

  • 06.02.2024 14:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi va futbolchisi Frenk Lempard London klubining ayollar jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bermoqda.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Izzi Kristiansenning fikricha, Lempard o‘z tajribasi bilan "Chelsi"ga yordam berishi mumkin, chunki u klubni yaxshi biladi. “Ko‘klar”ning amaldagi bosh murabbiyi Emma Xeys joriy mavsum yakunida “aristokratlar”ni tark etib, AQSh terma jamoasida ishlashni boshlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lempard o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida, va 2019 yildan 2021 yilgacha “Chelsi” erkaklar jamoasini boshqargan. Bundan tashqari, 45 yoshli mutaxassis "Everton" va "Derbi Kaunti"da ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!