Lempard dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

  • 3 may, 2020, 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard frantsiyalik shogirdi N’Golo Kante haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

Tecno

“Kante ajoyib na’muna. U shaxsiy muvaffaqiyati nuqtai nazaridan olganda 4-5 ta ajoyib mavsumni o‘tkazdi.

Bu mavsum uning uchun qiyin bo‘ldi, boisi u bor yo‘g‘i 40% uchrashuvlarda ishtirok etdi. Bu biz uchun katta yo‘qotish. Bizga Kante kerak. Menimcha u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Men uni “Chelsi”ga kelishimdan ancha oldin taniganman”, - deydi Lempard.

Kante joriy mavsum “Chelsi” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Bundan avvalroq unga "Real", "Barselona", "Yuventus" va PSJ klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning transfer narxi esa 80 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!