Lempard va Sulsher bir vunderkindni talashyapti

  • 29 oktabr, 2020, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” va “Chelsi” qishki transferlar vaqtida “Kalyari” himoyachisi Sebastyan Valyukevichni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

20 yoshli polshalik markaziy himoyachi ishonchli o‘yinlari bilan qator grand klublar e’tiboriga tushdi. Yuqorida nomi zikr etilgan ingliz klublaridan tashqari “Borussiya” ham Sebastyan Valyukevichni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

“Kalyari” bu futbolchini 2018 yili Polshaning “Pogon” jamoasidan olib kelgan. Shu paytga qadar yosh futbolchi A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!