
Lempardga so‘nggi imkoni
“Chelsi” rahbariyati jamoa o‘yinini shakllantira olmayotgan Frenk Lempardga vaziyatni o‘nglash uchun oxirgi muhlatni berdi.
Klub yozgi transferlar vaqtida katta xarajat qilganiga qaramay, jamoa ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmayapti. Shu bois, Lempardga 10 yanvar kuni Angliya ligasi kubogida “Morekamba” va 15 yanvar kuni Angliya premer-ligasida “Fulxem”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlarda g‘alaba qozonish sharti qo‘yildi.
Shuningdek, jamoaning ayrim etakchi futbolchilariLempardning taktik sxemalaridan norozi bo‘lmoqda. Ular bosh murabbiydan jamoa o‘yinini qayta shakllantirishni so‘ramoqda.
Ayni paytda, “Chelsi”da Lempardning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida Tomas Tuxel va Andrey Shevchenkoning imkoniyati yuqori baholanyapti.
Fikrlar