Lempardni "Chelsi"da nima ranjitdi?
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard iste’foga chiqarilgach, bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Avvalo, meni 18 oy davomida ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Umid qilamanki, ular bu narsa men uchun qanchalik muhimligini tushunishadi.
Bunday katta lavozimda qiyinchiliklar bo‘lishini bilardim. Jamoani qiyin paytda qabul qilib oldim. Men akademiya bitiruvchilaridan asosiy jamoaga o‘tib, u erda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan futbolchilar borligidan faxrlanaman. Ular - klubning kelajagi.
Joriy mavsum klubni yangi darajaga olib chiqish uchun menga etarli vaqt berilmaganidan ranjidim. Shunday bo‘lsa-da, Abramovichga, klub rahbariyatiga, futbolchilarga, murabbiylar shtabiga, ayniqsa, misli ko‘rilmagan og‘ir davrda, ularning fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.
Jamoaga kelajakda katta muvaffaqiyatlar tilayman”, - dedi Lempard.



Fikrlar