
Lempardning kursisiga beshta da’vogar paydo bo‘ldi
“Chelsi” rahbariyati jamoa natijalaridan qoniqmayotgani bois bosh murabbiy Frenk Lempard o‘rniga boshqa mutaxassisni taklif qilmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub xo‘jayinlari ayni paytda besh nafar murabbiyning nomzodini o‘rganib chiqyapti. Ular uch nafari ishsiz yurgan Massimiliano Allegri, Ralf Ragnik va Tomas Tuxeldir.
Shuningdek, “Chelsi”dan taklifi olishi kutilayotgan mutaxassislar orasida “Leyptsig”ni grand klublar qatoriga qo‘shgan Yulian Nagelsmann va “Sautgempton”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Ralf Xazenxyuttl ham bor.
Fikrlar