Leon Edvardsning jang sanasi ma’lum, biroq...

  • 01.12.2024 17:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Leon Edvards keyingi yili 22 martga belgilangan Londondagi  musobaqada ishtirok etadi.

“Leon Edvards DAZN telekanalida navbatdagi jangini qaerda o‘tkazishi haqida gapirdi. U 22 mart kuni London bo‘lib o‘tadigan turnirning asosiy kardida oktagonga ko‘tariladi. Biroq  hozircha Leonning raqibi kim bo‘lishi ochiqlanmadi”, - deb yozdi taniqli jurnalist Ariel Xelvani X da.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Edvards Belal Muhammadga hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra yutqazib, kamarni boy berib qo‘ygan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!